Keyslar
Real o'quvchilar. Real natijalar.
Bu quruq va'da emas. Har bir keys — biznesga AI joriy etib , vaqt va pulni real tejab qolgan odam. O'zingizni shu yerdan toping.
Halollik haqida: qurilgan tizim (agent, dashboard, Jarvis) — fakt . Tejamkorlik raqamlari — o'quvchining 2 oylik strategiyasidagi hisob-kitobi . Biz havo sotmaymiz — kuchimiz shunda.
Nurgul Kabulovna
Sotuv bo'limi rahbari · NurA Group 25 sotuvchi · 3 loyiha
✅ AI muvaffaqiyatli joriy etildi
Oldin
Kuniga 5–6 soat nazorat, hisobot va tahlil — shaxsiy hayotga vaqt yo'q, kuchli zapusklarda yonib ketardi.
Raqamlar qo'lda: konversiya, target, trekking — jadvallarda, xatolar bilan.
Delegatsiya yo'q: yordamchisi bor, lekin baribir hamma narsaga o'zi aralashadi.
Nima qurdi
Yagona dashboard — AmoCRM ulangan, 3 loyiha bitta ekranda, o'zi yangilanadi.
AI audio-audit — AI sotuvchilar qo'ng'iroqlarini tinglaydi, sifat va kayfiyat bahosi Telegramga tushadi.
KPI va bonus kalkulyator — sotuvchilar real vaqtda o'z bonusini ko'radi.
O'quv platforma — darslar + testlar, yangi xodim o'zi o'rganadi.
"2-Nurgul" — shaxsiy Jarvis: moliya + HR + kontent + psixolog, uning bilimi AI ichida.
Natija
99 soat oyiga tejaladi
5–6 soat → 30 daq kunlik nazorat
×3 shaxsiy vaqt
24/7 Jarvis · 0 qo'lda hisobot
"Muammolardan — tizimga. Nazoratdan — erkinlikka. Nurgul → 2-Nurgul."
Jasurbek Normuradov
Menta.uz asoschisi (CEO) IT / SaaS platforma
✅ AI muvaffaqiyatli joriy etildi
Oldin
Har bir mijozni onboarding o'zi qilardi — 6–10 soat , bitta ham avtomatik qadam yo'q.
Support xaosda: mijoz va o'quvchi savollari aralash, jamoa shovqinga vaqt yo'qotardi.
Kontent uning vaqtiga bog'liq — band bo'lsa, to'xtab qolardi.
Hisobot va mijoz og'riqlarini Telegram guruhlaridan qo'lda yig'ardi.
Nima qurdi
Onboarding AI-agentlari — mijoz mustaqil ishga tushadi, 6–10 soatlik qo'ng'iroqsiz.
AI-support 24/7 — tipik savollarning 70%+ ini o'zi yopadi.
"Startup Assistant" — Telegram guruhlarni o'qib, mijoz og'riqlarini guruhlab, haftalik vazifalar ro'yxatini beradi.
Kontent-konveyer — kontent u band bo'lganda ham to'xtamaydi.
Natija
10+ soat haftasiga qaytdi
×2.5 jamoa quvvati
70%+ support avtomatik
2 soat → 30 daq onboarding
"Mening soatim = biznes o'sishi. Maqsad — bu chegarani AI bilan olib tashlash."
Doston
Marketing agentligi asoschisi Lava OS
✅ AI muvaffaqiyatli joriy etildi
Oldin
Kontent, trend qidirish, vazifa taqsimlash — kuniga 2–4 soat (u va jamoa).
Jarayonlar faqat boshida — hech narsa yozilmagan, avtomatlashtirilmagan.
O'sish mantiqi bitta edi: ko'proq mijoz = ko'proq xodim = ko'proq xarajat.
Nima qurdi
Lava OS — agentlikning yagona operatsion tizimi, hamma jarayon bir joyda.
Kontent-agent — o'zi yozadi, odam faqat belgi bilan tasdiqlaydi.
Trend-agent — har kuni internetdan yangi trendlarni yig'adi (Apify).
Jarvis-orkestrator — vazifalarni deadline bilan taqsimlaydi, u yo'qida nazorat qiladi.
Natija
2–4 soat kuniga tejaladi
$1000+ oyiga tejamkorlik
−2 xodim ishini AI bajaradi
×2–3 o'sishga tayyor · yollashsiz
"Men agentlik yuritmayman. Men tizim quraman."